5-Fevral, 2026-yil

Yangi loyiha: Biznes FM


 

Bizda yangi Biznes FM loyihasi! Endi tadbirkorlarni qiynayotgan muhim savollarga 1 daqiqa ichida aniq javob beramiz.

 

TEKSHIRUVCHI ISH VAQTIDAN KEYIN QOLISHI MUMKINMI?

 

Savol:

 

«Menda tekshiruv o‘tkazilyapti. Ish kunim tugadi, lekin tekshiruvchi “Men hali tugatmadim, ishdan keyin yana 2 soat qolaman yoki yakshanba kuni kelib ishlayman”, deyapti. Bu qanchalik qonuniy?»

 

Savolga Biznes-ombudsman bosh inspektori Bunyod Xolmatov javob berdi.

 

SLO MUMKIN EMAS

 

Tekshiruv faqat tadbirkorning rasmiy belgilangan ish vaqtida o‘tkazilishi shart.

 

Agar ish kuningiz soat 18:00 da yakunlansa, tekshiruv ham shu vaqtda yakunlanishi lozim.

 

Dam olish va bayram kunlari tadbirkorlarni bezovta qilish yoki tekshiruv o‘tkazish qonunan taqiqlangan.

Шавкат Мирзиёв

Ўзбекистон Республикаси Президенти

“Ўзбекистонда тадбиркорлик ҳаракати орқага қайтариб бўлмайдиган катта кучга айланди. Тадбиркорларимиз қанча бой бўлса, халқимиз шунча фаровон яшайди, давлатимиз шунча қудратли бўлади. Тадбиркорнинг ютуғи – бу бутун халқимизнинг ютуғи”

Text to speech
Звуковое сопровождение