5 февраля 2026 г.

Yangi loyiha: Biznes FM


 

Bizda yangi Biznes FM loyihasi! Endi tadbirkorlarni qiynayotgan muhim savollarga 1 daqiqa ichida aniq javob beramiz.

 

TEKSHIRUVCHI ISH VAQTIDAN KEYIN QOLISHI MUMKINMI?

 

Savol:

 

«Menda tekshiruv o‘tkazilyapti. Ish kunim tugadi, lekin tekshiruvchi “Men hali tugatmadim, ishdan keyin yana 2 soat qolaman yoki yakshanba kuni kelib ishlayman”, deyapti. Bu qanchalik qonuniy?»

 

Savolga Biznes-ombudsman bosh inspektori Bunyod Xolmatov javob berdi.

 

SLO MUMKIN EMAS

 

Tekshiruv faqat tadbirkorning rasmiy belgilangan ish vaqtida o‘tkazilishi shart.

 

Agar ish kuningiz soat 18:00 da yakunlansa, tekshiruv ham shu vaqtda yakunlanishi lozim.

 

Dam olish va bayram kunlari tadbirkorlarni bezovta qilish yoki tekshiruv o‘tkazish qonunan taqiqlangan.

Шавкат Мирзиёв

Президент Республики Узбекистан

«Предпринимательское движение в Узбекистане стало необратимой силой. Чем богаче будут наши предприниматели, тем обеспеченнее будет жить наш народ, тем могущественнее будет наше государство. Успех предпринимателя — это успех всего нашего народа»

Text to speech
Звуковое сопровождение