4-Fevral, 2026-yil

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Asaka tumanidagi “G.V.” fermer xo‘jaligiga asossiz soliq va jarimalar hisoblangani haqida xabarlar tarqaldi. Biznes-ombudsman o‘rganishi natijasida “Suv yetkazib berish xizmati” DM suv miqdorini (44,3 ming m³) noto‘g‘ri taqdim etgani, fermer suv tejovchi texnologiyalar qo‘llagani sababli, haqiqiy iste’mol 5 baravar kamligi isbotlandi va inkasso yechildi.

 

Qonunchilikka ko‘ra, Soliq kodeksining 447-moddasida qishloq xo‘jaligida, shu jumladan, baliqchilik xo‘jaliklarida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisobotlari «Suv hisobi» axborot tizimining va suv resurslari hisobini yurituvchi vakolatli organlarning ma’lumotlari asosida soliq organlari tomonidan avtomatik tarzda shakllantirilishi belgilangan.

 

Ya’ni, tadbirkorga hisoblangan soliq bazadagi ma’lumotlar asosida avtomatik tarzda shakllantiriladi.

 

Shu sababli, mana shunday vaziyatlarga tushmaslik uchun quyidagilarga ahamiyat berish kerak:

 

-  Har oyning 5-sanasigacha “Suv hisobi” axborot tizimiga kirib, tadbirkor iste’mol qilgan deb ko‘rsatilgan suv hajmini muntazam tekshirib borish kerak;

 

- agar raqamlar haqiqatga mos kelmasa, dalolatnomani imzolamasdan o'z e’tirozlarini bildirish kerak;

 

- suv tejovchi texnologiyalar o‘rnatgan bo‘lsa, buni hujjatlashtirib, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotdan hisob-kitobni shunga asoslanib amalga oshirishni talab qilish kerak.

 

Aniqlangan qonunbuzilishlar yuzasidan Biznes-ombudsman tomonidan Norin-Qoradaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘i I.Taxirov ogohlantirildi.

Шавкат Мирзиёв

Ўзбекистон Республикаси Президенти

“Ўзбекистонда тадбиркорлик ҳаракати орқага қайтариб бўлмайдиган катта кучга айланди. Тадбиркорларимиз қанча бой бўлса, халқимиз шунча фаровон яшайди, давлатимиз шунча қудратли бўлади. Тадбиркорнинг ютуғи – бу бутун халқимизнинг ютуғи”

Text to speech
Звуковое сопровождение