Ijtimoiy tarmoqlarda Asaka tumanidagi “G.V.” fermer xo‘jaligiga asossiz soliq va jarimalar hisoblangani haqida xabarlar tarqaldi. Biznes-ombudsman o‘rganishi natijasida “Suv yetkazib berish xizmati” DM suv miqdorini (44,3 ming m³) noto‘g‘ri taqdim etgani, fermer suv tejovchi texnologiyalar qo‘llagani sababli, haqiqiy iste’mol 5 baravar kamligi isbotlandi va inkasso yechildi.
Qonunchilikka ko‘ra, Soliq kodeksining 447-moddasida qishloq
xo‘jaligida, shu jumladan, baliqchilik xo‘jaliklarida suv resurslaridan
foydalanganlik uchun soliq hisobotlari «Suv hisobi» axborot tizimining va suv
resurslari hisobini yurituvchi vakolatli organlarning ma’lumotlari asosida
soliq organlari tomonidan avtomatik tarzda shakllantirilishi belgilangan.
Ya’ni,
tadbirkorga hisoblangan soliq bazadagi ma’lumotlar asosida avtomatik tarzda
shakllantiriladi.
Shu
sababli, mana shunday vaziyatlarga tushmaslik uchun quyidagilarga ahamiyat
berish kerak:
- Har oyning 5-sanasigacha “Suv hisobi” axborot
tizimiga kirib, tadbirkor iste’mol qilgan deb ko‘rsatilgan suv hajmini muntazam
tekshirib borish kerak;
- agar
raqamlar haqiqatga mos kelmasa, dalolatnomani imzolamasdan o'z
e’tirozlarini bildirish kerak;
- suv tejovchi texnologiyalar o‘rnatgan bo‘lsa, buni
hujjatlashtirib, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotdan hisob-kitobni shunga
asoslanib amalga oshirishni talab qilish kerak.
Aniqlangan qonunbuzilishlar yuzasidan Biznes-ombudsman
tomonidan Norin-Qoradaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘i
I.Taxirov ogohlantirildi.