14-Yanvar, 2026-yil

Qurilish bo‘yicha obyektni topshirgan tadbirkorning mablag‘i undirib berildi

Biznes-ombudsmanga “D.S.” XKdan Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” DUK tomonidan to‘lovlar kechiktirilayotgani bo‘yicha murojaat kelib tushdi.


Aniqlanishicha, tadbirkor 2022-yilda Bo‘ka tumanidagi maktab filialini qurish bo‘yicha 1,2 mlrd so‘mlik loyihani yakunlab, obyektni topshirgan. Shartnomaga ko‘ra, mablag‘ning 5 foizi (64 mln so‘m) 12 oylik kafolat muddatidan so‘ng to‘lanishi kerak edi. Biroq, obyekt bo‘yicha hech qanday e’tirozlar bo‘lmasa-da, to‘lov 2 yil davomida amalga oshirilmagan.


Vakil tomonidan tadbirkor manfaatida sudga da’vo arizasi kiritilib, 64 mln so‘mlik qarzdorlik to‘liq undirildi.

Шавкат Мирзиёв

Ўзбекистон Республикаси Президенти

“Ўзбекистонда тадбиркорлик ҳаракати орқага қайтариб бўлмайдиган катта кучга айланди. Тадбиркорларимиз қанча бой бўлса, халқимиз шунча фаровон яшайди, давлатимиз шунча қудратли бўлади. Тадбиркорнинг ютуғи – бу бутун халқимизнинг ютуғи”

Text to speech
Звуковое сопровождение