29-Dekabr, 2025-yil

Biznes-ombudsman devoni xodimlari taqdirlandi


 Yangi – 2026-yil bayrami arafasida Biznes-ombudsman devonida fidokorona mehnat qilayotgan, tadbirkorlar huquqlarini himoya qilishda alohida jonbozlik koʻrsatayotgan bir guruh xodimlar ragʻbatlantirildi.   


Soha rivojiga qoʻshayotgan hissasi va samarali faoliyati uchun quyidagi xodimlar Faxriy yorliq bilan taqdirlandilar:   


Mirshod Nasullayev – Qonunchilikni takomillashtirish va xalqaro-huquqiy hamkorlik shuʼbasi bosh inspektori; 

Jamshid Xasanov – Murojaatlar bilan ishlash shuʼbasi bosh inspektori; 

Bekzod Mirzayev – Navoiy viloyati shuʼbasi bosh inspektori; 

Abdulla Boltayev – Xorazm viloyati shuʼbasi bosh inspektori; 

Batir Davkarayev – Qoraqalpogʻiston Respublikasi shuʼbasi yetakchi inspektori.   


Shuningdek, Murojaatlar bilan ishlash shuʼbasi yetakchi inspektori Dilmurod Alimuxamedovga maxsus unvon berilganligi qayd etildi.


Bayram munosabati bilan martaba darajalari koʻtarilgan va ragʻbatlantirilgan barcha hamkasblarimizni Biznes-ombudsman jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz!

Шавкат Мирзиёв

Ўзбекистон Республикаси Президенти

“Ўзбекистонда тадбиркорлик ҳаракати орқага қайтариб бўлмайдиган катта кучга айланди. Тадбиркорларимиз қанча бой бўлса, халқимиз шунча фаровон яшайди, давлатимиз шунча қудратли бўлади. Тадбиркорнинг ютуғи – бу бутун халқимизнинг ютуғи”

Text to speech
Звуковое сопровождение