29 декабря 2025 г.

Biznes-ombudsman devoni xodimlari taqdirlandi


 Yangi – 2026-yil bayrami arafasida Biznes-ombudsman devonida fidokorona mehnat qilayotgan, tadbirkorlar huquqlarini himoya qilishda alohida jonbozlik koʻrsatayotgan bir guruh xodimlar ragʻbatlantirildi.   


Soha rivojiga qoʻshayotgan hissasi va samarali faoliyati uchun quyidagi xodimlar Faxriy yorliq bilan taqdirlandilar:   


Mirshod Nasullayev – Qonunchilikni takomillashtirish va xalqaro-huquqiy hamkorlik shuʼbasi bosh inspektori; 

Jamshid Xasanov – Murojaatlar bilan ishlash shuʼbasi bosh inspektori; 

Bekzod Mirzayev – Navoiy viloyati shuʼbasi bosh inspektori; 

Abdulla Boltayev – Xorazm viloyati shuʼbasi bosh inspektori; 

Batir Davkarayev – Qoraqalpogʻiston Respublikasi shuʼbasi yetakchi inspektori.   


Shuningdek, Murojaatlar bilan ishlash shuʼbasi yetakchi inspektori Dilmurod Alimuxamedovga maxsus unvon berilganligi qayd etildi.


Bayram munosabati bilan martaba darajalari koʻtarilgan va ragʻbatlantirilgan barcha hamkasblarimizni Biznes-ombudsman jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz!

Шавкат Мирзиёв

Президент Республики Узбекистан

«Предпринимательское движение в Узбекистане стало необратимой силой. Чем богаче будут наши предприниматели, тем обеспеченнее будет жить наш народ, тем могущественнее будет наше государство. Успех предпринимателя — это успех всего нашего народа»

Text to speech
Звуковое сопровождение