Biznes-ombudsman devoni tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasida fermer xoʻjaliklarining suv nasoslari uchun foydalanilgan elektr energiyasining qoʻshimcha reaktiv energiya kompensatsiyasi hisoblanishi holati o'rganildi.
Joriy yil davomida Qoraqalpog'istonda 140 ta fermer xoʻjaligiga nisbatan 89 mln soʻm kompensatsiya hisoblanib, 62 ta fermer xoʻjaligi tomonidan 53 mln so'm kompensatsiya toʻlangan.
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan “Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari” talablariga ko'ra fermer xoʻjaliklarining nasos stansiyalaridan reaktiv energiya uchun pul undirilmasligi belgilangan.
Aniqlangan qonunbuzilish holatlari boʻyicha Biznes-ombudsman devoni tomonidan fermerlarning huquqlari to'liq tiklanishi ta'minlandi:
«Energosavdo» filiali Qoraqalpogʻiston bo‘linmasiga taqdimnoma kiritildi;
notoʻgʻri hisoblangan reaktiv energiya kompensatsiyasi qarzdorlik hisobidan chiqarildi;
noqonuniy undirilgan pul mablagʻlari fermer xoʻjaliklari bilan qayta hisob-kitob qilinib, toʻliq qaytarilishi taʼminlandi;
xatolikka yoʻl qoʻygan masʼul mansabdor shaxslarga nisbatan tegishli tartibda maʼmuriy jarimalar qoʻllanildi.