Biznes-ombudsman devoni tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasida fermer xoʻjaliklarining suv nasoslari uchun foydalanilgan elektr energiyasining qoʻshimcha reaktiv energiya kompensatsiyasi hisoblanishi holati o'rganildi.
Joriy yil
davomida Qoraqalpog'istonda 140 ta fermer xoʻjaligiga nisbatan 89 mln soʻm
kompensatsiya hisoblanib, 62 ta fermer xoʻjaligi tomonidan 53 mln so'm
kompensatsiya toʻlangan.
Vazirlar
Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan “Elektr energiyasidan
foydalanish qoidalari” talablariga ko'ra fermer xoʻjaliklarining nasos
stansiyalaridan reaktiv energiya uchun pul undirilmasligi belgilangan.
Aniqlangan
qonunbuzilish holatlari boʻyicha Biznes-ombudsman devoni tomonidan
fermerlarning huquqlari to'liq tiklanishi ta'minlandi:
«Energosavdo»
filiali Qoraqalpogʻiston bo‘linmasiga taqdimnoma kiritildi;
notoʻgʻri
hisoblangan reaktiv energiya kompensatsiyasi qarzdorlik hisobidan chiqarildi;
noqonuniy
undirilgan pul mablagʻlari fermer xoʻjaliklari bilan qayta hisob-kitob qilinib,
toʻliq qaytarilishi taʼminlandi;
xatolikka
yoʻl qoʻygan masʼul mansabdor shaxslarga nisbatan tegishli tartibda maʼmuriy
jarimalar qoʻllanildi.