15-Dekabr, 2025-yil

Soliqqa oid nizolarni sudgacha hal etish uchun tashkil etilgan ekspert kengashining birinchi yig‘ilishi o‘tkazildi

 

Unda Savdo-sanoat palatasi, Biznes-ombudsman, Bosh prokuratura, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Soliq va Bojxona qo'mitalari rahbariyati hamda tadbirkorlar ishtirok etdilar.

 

Mazkur kengash Prezidentning 2025-yil 11-iyuldagi «Soliqqa oid nizolarni sudgacha hal qilish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PQ–223-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan bo‘lib, 2025-yil 24-oktyabrda qabul qilingan 672-son Hukumat qarori bilan uning faoliyatini tartibga soluvchi nizom tasdiqlangan.

 

Kun tartibiga ko‘ra, Toshkent viloyati Angren shahridagi “Central Azia Chemicals” MChJ faoliyatida yuzaga kelgan muammoli vaziyat atroflicha ko‘rib chiqildi. Shuningdek, Ekspert kengashining faoliyatini tashkil etish va uni yuritish bo‘yicha Reglamentni tasdiqlash masalalari muhokama qilindi.

 

Yig‘ilish davomida tadbirkorlar bilan davlat organlari o‘rtasidagi soliq nizolarini tezkor, xolis va qonuniy tarzda hal qilishga xizmat qiladigan aniq taklif va tavsiyalar shakllantirildi.

Шавкат Мирзиёв

Ўзбекистон Республикаси Президенти

“Ўзбекистонда тадбиркорлик ҳаракати орқага қайтариб бўлмайдиган катта кучга айланди. Тадбиркорларимиз қанча бой бўлса, халқимиз шунча фаровон яшайди, давлатимиз шунча қудратли бўлади. Тадбиркорнинг ютуғи – бу бутун халқимизнинг ютуғи”

Text to speech
Звуковое сопровождение