
Unda
Savdo-sanoat palatasi, Biznes-ombudsman, Bosh prokuratura, Iqtisodiyot va
moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Soliq va Bojxona qo'mitalari rahbariyati
hamda tadbirkorlar ishtirok etdilar.

Mazkur
kengash Prezidentning 2025-yil 11-iyuldagi «Soliqqa oid nizolarni sudgacha hal
qilish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi
PQ–223-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan bo‘lib, 2025-yil 24-oktyabrda qabul
qilingan 672-son Hukumat qarori bilan uning faoliyatini tartibga soluvchi nizom
tasdiqlangan.

Kun
tartibiga ko‘ra, Toshkent viloyati Angren shahridagi “Central Azia Chemicals”
MChJ faoliyatida yuzaga kelgan muammoli vaziyat atroflicha ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, Ekspert kengashining faoliyatini tashkil etish va uni yuritish bo‘yicha
Reglamentni tasdiqlash masalalari muhokama qilindi.

Yig‘ilish
davomida tadbirkorlar bilan davlat organlari o‘rtasidagi soliq nizolarini
tezkor, xolis va qonuniy tarzda hal qilishga xizmat qiladigan aniq taklif va
tavsiyalar shakllantirildi.