Hukumat qarori (729-son, 17.11.2025 y.) bilan “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi qoshidagi Yengil sanoatni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan yengil sanoat korxonalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi.
Nizom Yengil sanoatni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan yengil sanoat korxonalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash tartibini belgilaydi.
Nizomga koʻra, Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tomonidan tadbirkorlarga moliyaviy yordam quyidagi xarajatlarni toʻlab berish uchun koʻrsatiladi, jumladan:
xalqaro brendlarni jalb qilish xarajatlarini qoplab berish yoʻnalishida:
xalqaro brendlarni jalb qilish, ularning egalari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, shuningdek, bu yoʻnalishdagi sorsing kompaniyasi xizmati xarajatlari;
transport xarajati – ekonom klass uchun;
Oʻzbekiston hududida mehmonxona xarajati;
tarjimonlik xizmati;
mutaxassislarni oʻqitish xarajatlarini qoplab berish yoʻnalishida:
oʻquv-treninglarida qatnashish toʻlovi;
transport xarajati;
mehmonxona xarajati.
Moliyaviy yordam olish uchun ariza va belgilangan hujjatlar ariza qabul qilingan kundan boshlab 7 ish kuni davomida koʻrib chiqiladi.
Agentlik 1 ish kuni davomida qabul qilingan qaror toʻgʻrisida tadbirkorlarga xabarnoma yuboradi.