Hukumat qarori (85-son, 28.02.2026-y.) bilan “Atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatish bo‘yicha I va II toifalarga mansub sanoat korxonalarining atrof tabiiy muhitga ta’sirini kamaytirish harakatlarini rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
Qarorga ko‘ra,
sanoat korxonalarining atrof tabiiy muhitga ta’sirini kamaytirish harakatlari quyidagi
tartibda rag‘batlantiriladi:
1-bosqichda
– atmosfera havosi ifloslanishi fon monitoringi stansiyasini (monitoring stansiyasi)
o‘rnatgan sanoat korxonasiga:
tabiatga zarar
yetkazish bo‘yicha kompensatsiya to‘lovlaridan shakllangan qarzdorlikdan voz kechiladi;
tabiatga zarar
yetkazish bo‘yicha respublika budjetiga yo‘naltiriladigan kompensatsiya to‘lovlarining
50 foizi 2 yil davomida qaytariladi;
2-bosqichda
– monitoring stansiyasini o‘rnatgan sanoat korxonasi kelgusi 1 yil davomida chang-gaz
va lokal oqova suv tozalash uskunalarini o‘rnatganda, tabiatga zarar yetkazish bo‘yicha
respublika budjetiga yo‘naltiriladigan kompensatsiya to‘lovlarining 70 foizi 2 yil
davomida qaytariladi.
Sanoat korxonasi
monitoring stansiyasi, chang-gaz va (yoki) lokal oqova suv tozalash uskunasini o‘rnatgani
to‘g‘risida Davlat xizmatlari markazlari yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali Ekologiya
qo‘mitasiga xabarnoma yuboradi.
Xabarnoma va
unga ilova qilingan hujjatlar Ekologiya qo‘mitasi tomonidan xabarnoma kelib tushgan
kundan boshlab 15 ish kunidan oshmagan muddatda ko‘rib chiqiladi.
O‘rganib chiqish
natijasi bo‘yicha sanoat korxonasini rag‘batlantirish to‘g‘risida Ekologiya qo‘mitasining
xulosasi rasmiylashtiriladi.