“Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi islohotlarni ilg‘or xalqaro amaliyot asosida jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–25-son, 16.02.2026 y.) qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra,
2026 yil 1 apreldan muvofiqlikni baholash sohasida tadbirkorlarga quyidagi yengilliklar
joriy etiladi:
muvofiqlikni
baholash organlari tomonidan akkreditatsiya sohasida ko‘rsatilgan pullik xizmatlar
tushumidan ajratmalar 2,5 barobarga kamaytirilib, 2 foiz miqdorida belgilanadi hamda
to‘liqligicha O‘zbekiston akkreditatsiya markazi ixtiyorida qoldiriladi;
tadbirkorlar
tomonidan 2 va undan ortiq akkreditatsiyadan o‘tgan holda muvofiqlikni baholash
xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan sohada davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ushbu
sohada sinov laboratoriyalari va sertifikatlash organlari tashkil etilishiga yo‘l
qo‘yilmaydi;
muvofiqlikni baholash organlariga Milliy akkreditatsiya tizimida
akkreditatsiya o‘tgan holda eksport bozorlarida talab etilayotgan xorijiy standartlar
asosida muvofiqlikni baholash ishlarini o‘tkazishga ruxsat etiladi.
Quyidagi iqtisodiyot
tarmoqlarida ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish to‘liq xalqaro standartlar asosida
tashkil etiladi:
2026 yil 1 iyuldan
to‘qimachilik, charm, mebel, elektrotexnika, avtomobilsozlik, axborot texnologiyalari;
2027 yil 1 yanvardan
neft va gaz, metallurgiya, transport, qurilish mahsulotlari, tibbiy buyumlar;
2028 yil 1 yanvardan
energetika, kimyo, ekologiya, xizmat ko‘rsatish sohalari.