“Umra plyus” ziyorat turizmi dasturini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (6-son, 09.01.2025-y.) qabul qilindi.
Qarorga
ko‘ra, 2026-yil yakunigacha Turizm qo‘mitasi tomonidan Malayziya va
Indoneziyadan “Umra plyus” ziyorat turizmi dasturi (Dastur) asosida sayyohlarni
jalb qilayotgan turoperatorlarga har bir sayyoh uchun 100 AQSh dollari
miqdorida subsidiya ajratiladi.
2026-yil
15-yanvardan:
Malayziya
va Indoneziyada Dastur bo‘yicha kuchaytirilgan targ‘ibot kampaniyasi amalga
oshiriladi;
turoperator
(turagent)lar tomonidan Milliy turizm yagona platformasi orqali Dastur bo‘yicha
shakllantirilgan turistik dasturning onlayn sotuvi yo‘lga qo‘yiladi.
Dasturni
amalga oshirish uchun malakali kadrlar tayyorlash maqsadida O‘zbekiston xalqaro
islomshunoslik akademiyasida o‘quv-amaliyot laboratoriyasi tashkil etiladi.
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi va Malayziya
oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida “Turizm va mehmondo‘stlik” ta’lim yo‘nalishi
va mutaxassisliklari bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlari yo‘lga qo‘yiladi.