“Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF–246-son, 10.12.2025 y.) qabul qilindi.
2026 yil 1
apreldan quyidagilar uchun toʻlovlar faqatgina bank kartalari yoki elektron
toʻlov tizimlari orqali amalga oshiriladi:
— davlat
organlari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar;
— elektr
energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvidan foydalanganlik uchun toʻlovlar;
— alkogol
va tamaki mahsulotlari;
— transportlarga
yoqilgʻi quyish shoxobchalari orqali aholiga neft-gaz mahsulotlarini sotish va
elektrda harakatlanadigan transportlarni zaryadlash boʻyicha xizmatlar;
— qiymati
25 mln soʻmdan oshadigan tovar va xizmatlar;
— koʻchmas
mulk obyektlari, ishlab chiqarilganiga 10 yildan oshmagan M, N, O va G toifaga
kiruvchi transportlar hamda maxsus avtotransport vositalarini sotish va sotib
olish.
2026 yil 1
yanvargacha barcha savdo va xizmat koʻrsatuvchi yuridik shaxslar tomonidan
elektron toʻlovlarni qabul qilish uchun yagona QR kod joriy qilinadi.
2026 yil 1
yanvardan barcha savdo va xizmat koʻrsatish sohasidagi yuridik shaxslar
tomonidan banklarda generatsiya qilingan yagona QR kod orqali elektron
toʻlovlarni qabul qilish yoʻlga qoʻyiladi.
Bunda 2026
yil 1 iyuldan:
— barcha
savdo va xizmat koʻrsatish sohasidagi yuridik shaxslarda yagona QR kodli toʻlov
tizimi orqali toʻlovlarni qabul qilish ham majburiy etib belgilanadi;
— yagona QR
kodlardan foydalanilmayotganligi savdo qoidalarini buzish deb hisoblanadi.
2026 yil 1
yanvardan 1 ta tashqi savdo shartnomasi doirasida aynan bir xil turdagi
tovarlarga muvofiqlik va ekologik sertifikat 1 yildan oshmagan muddatga 1
marotaba beriladi.
2026 yil 1
iyuldan bosqichma-bosqich nazorat qiluvchi organlar tomonidan ushbu Farmonda
koʻrsatilgan holatlar boʻyicha tadbirkorlik subyektlarida oʻtkaziladigan
tekshiruvlar bodi-kameradan foydalangan holda amalga oshiriladi.
2026 yil 1
yanvardan:
— import
qilingan oziq-ovqat mahsulotlarining 9 oy (goʻsht va hoʻl meva-sabzavotlarning
3 oy) davomida sotilmaganligi va qiymati BHMning 500 baravaridan ortiq boʻlgan
ushbu mahsulotlar qoldiqda turganligi holati sayyor soliq tekshiruvini
oʻtkazish uchun asos hisoblanadi;
— koʻchmas
mulk obyektlari va qurilish materiallari boʻyicha soliq bazasi ushbu
tovarlarning bozor bahosidan kelib chiqib aniqlanadi;
— Oʻzbekiston
hududida jismoniy shaxslarga elektron shaklda xizmatlar koʻrsatuvchi va
tovarlar sotuvchi chet el yuridik shaxslari soliq organida roʻyxatdan oʻtmasdan
faoliyat yuritayotgani aniqlanib, roʻyxatdan oʻtish toʻgʻrisida xabarnoma
yuborilgandan keyin 30 kun ichida roʻyxatdan oʻtmaganda, ushbu yuridik
shaxslarning Oʻzbekistondagi faoliyati cheklanadi;
— kameral
soliq tekshiruvini oʻtkazishda soliq organlari aniqlagan tafovutni asoslash
uchun soliq toʻlovchilar tomonidan qoʻshimcha hujjatlar taqdim etilganda soliq
organlari tomonidan ularning koʻrib chiqilishi majburiy hisoblanadi.