Bugun, 4-dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining
Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qo‘mitasi tomonidan
“Konstitutsiya – xususiy mulk himoyasi, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va
sanoat taraqqiyotining asosiy huquqiy kafolati” mavzusida davra suhbati tashkil
etildi.
Unda deputatlar, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,
Biznes-ombudsman devoni, Savdo-sanoat palatasi, Raqobatni rivojlantirish va
iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi, Oliy biznes va tadbirkorlik
maktabi mutasaddilari, tadbirkorlar, universitet talabalari, Qonunchilik
palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari, shuningdek, OAV vakillari
ishtirok etdi.
Tadbirda Biznes-ombudsman devoni bosh inspektori G.Shukurova
so‘zga chiqib, Konstitutsiyada belgilangan normalarning amaliyotda
to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlashi hamda qonun hujjatlarini Konstitutsiya normalariga
moslashtirish borasidagi ustuvor vazifalar haqida ma’ruza qildi.
Tadbirda bildirilgan fikr-mulohazalardan kelib chiqib,
xususiy mulk himoyasini kuchaytirish, xususan, bugungi kunda dolzarb bo‘lgan
ekologik vaziyatdan kelib chiqib, tadbirkorlarning ekologik toza mahsulotlar
ishlab chiqarish faoliyatini rag‘batlantirish, bu borada, shuningdek, olimlar,
keng jamoatchilik vakillari bilan hamkorlik masalalarini kuchaytirish borasida
ustuvor vazifalar belgilab olindi.