March 16, 2026

89 ta fermer xo‘jaligi bo‘yicha soliqlar qayta hisob-kitob qilindi


Biznes-ombudsman tomonidan qishloq xo‘jaligi sohasidagi tadbirkorlarga yer uchastkalarining kamaytirilishi yoki zaxiraga qaytarilishi jarayonida soliq hisoblash tizimi tahlil qilindi.


Davlat kadastrlar palatasining ma’lumotlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha 2024-2025-yillarda 1345 ta tadbirkorning 74 231,1 gektar yer maydoni zaxiraga qaytarilgan va UZKAD tizimiga kiritilgan.


Biroq, Soliq va Kadastr tizimlari integratsiya qilingan bo‘lsa-da, Qoraqalpog‘iston Respublikasi soliq boshqarmasi tomonidan 117 ta tadbirkorning yer maydoni kamayganiga qaramay, soliqlar to‘liq hajmda hisoblab kelingan.


Misol uchun: Chimboy tumanidagi “J.” fermer xo‘jaligi 2024-yil iyun oyida 1300 gektar yerini zaxiraga topshirgan bo‘lsa-da, unga 2025-yil uchun ortiqcha 39,8 mln so‘m yer solig‘i hisoblangan va undirilgan.


Soliq kodeksining 427-moddasiga asosan, yer uchastkasining maydoni kamaytirilgan taqdirda, soliq bazasi yer uchastkasi maydoni kamaytirilgan oydan e’tiboran kamaytirilishi belgilangan.


Biznes-ombudsman tomonidan kiritilgan taqdimnomaga asosan, 89 ta faoliyat ko‘rsatayotgan fermer xo‘jaligi bo‘yicha soliqlar qayta hisob-kitob qilinib, tadbirkorlarning haq-huquqlari tiklandi. Qolgan 28 ta korxona bankrotlik yoki faoliyatini tugatganligi sababli tegishli o‘rganishlar o‘tkazildi.

Shavkat Mirziyoyev

President of the Republic of Uzbekistan

"The entrepreneurial movement in Uzbekistan has become an irreversible force. The richer our entrepreneurs are, the more prosperous our people will live, the more powerful our state will be. The success of an entrepreneur is the success of our entire nation."

Text to speech
Звуковое сопровождение