March 12, 2026

Kredit limitidan samarali foydalangan va hosildorlik talabini bajargan fermerlarga subsidiya beriladi

2026-yil hosilidan boshlab yil davomida imtiyozli kredit limitining 50 foizgacha qismidan foydalangan paxta yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklariga belgilangan tartibda sotilgan paxta qiymatining 5 foizi miqdorida subsidiya ajratish tizimi joriy qilinadi.

 Bunda fermer xo‘jaliklari minimal hosildorlik bo‘yicha talablarni bajarishi shart.

 

Subsidiya olish tartibi

 

“Agrosubsidiya” axborot tizimida talabgorlar tomonidan yuborilgan arizalar subsidiya turidan kelib chiqib amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilangan talab, muddat va bosqichlarga muvofiq ko‘rib chiqiladi.

 

Onlayn ariza beriladi

Subsidiya yoʼnalishlari boʼyicha ariza berish jarayoni

 

Tuman ishchi komissiyasi

Talabgorning arizasi bo‘yicha belgilangan tekshiruv va o‘lchov ishlari amalga oshiriladi

 

Hududiy ishchi komissiyasi

Ishchi guruh a`zolari arizalar bo’yicha tegishli xulosa beradi

 

Respublika ishchi komissiyasi

Masʼul tashkilotlar tuman va hududiy ishchi komissiyalar ko‘rib chiqqan arizalarni o‘rganadi va tegishli xulosa chiqaradi

 

Moliya vazirligi g‘aznachiligi

“UzASBO” dasturiy majmuasi orqali qishloq xo‘jaligi faoliyati moliyalashtirilishi ko‘rib chiqiladi

 

Subsidiya mablag‘lari o‘tkazib beriladi

“UzASBO” dasturiy majmuasi orqali subsidiya mablag‘i talabgor maxsus hisobraqamiga o‘tkazib beriladi

Shavkat Mirziyoyev

President of the Republic of Uzbekistan

"The entrepreneurial movement in Uzbekistan has become an irreversible force. The richer our entrepreneurs are, the more prosperous our people will live, the more powerful our state will be. The success of an entrepreneur is the success of our entire nation."

Text to speech
Звуковое сопровождение