March 11, 2026

Tadbirkorlar muammolari tizimli ravishda hal etilmoqda


Biznes-ombudsman devoni xodimlari hududlarda tadbirkorlar bilan bevosita muloqot qilib, ularning faoliyatidagi to‘siqlarni bartaraf etish choralarini ko‘rmoqda. Navbatdagi sayyor qabullar Toshkent shahri, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida o‘tkazildi.


Namangan tumanida Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi va Biznes-ombudsman devoni yetakchi inspektori Sh. Boboxonov ishtirokida 19 ta murojaat ko‘rib chiqildi. Ularning 5 tasi joyida ijobiy hal etildi, 6 nafar tadbirkorga huquqiy tushuntirish berildi, qolgan 8 ta murojaat esa ijrosi ta’minlanishi uchun alohida nazoratga olindi.


Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumanida Prezident farmonlari (PF-178 va PF-229) ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari hamda Biznes-ombudsman devoni bosh inspektori M. Po‘latov tadbirkorlar bilan uchrashdi. Muloqot davomida investitsiya loyihalarini amalga oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratish masalalari muhokama qilindi. Tadbirkorlarga moliyaviy hamda soliq sohasi bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilib, muammolar yechimi yuzasidan «yo‘l xaritalari» belgilab olindi.


Toshkent shahrining Yangihayot tumani hokimi va Biznes-ombudsman devoni yetakchi inspektori L. Ermatov ishtirokida o‘tkazilgan ochiq muloqotda tadbirkorlarning murojaatlari tinglandi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan masalalar tegishli tashkilotlarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi.

Shavkat Mirziyoyev

President of the Republic of Uzbekistan

"The entrepreneurial movement in Uzbekistan has become an irreversible force. The richer our entrepreneurs are, the more prosperous our people will live, the more powerful our state will be. The success of an entrepreneur is the success of our entire nation."

Text to speech
Звуковое сопровождение