
Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Oliy sud raisi Baxtiyor Islomov, tuman hokimi Nilufar Allabergenova, Biznes-ombudsman devoni bosh inspektori Farxod Ahmedov, Oliy sud raisi o‘rinbosari va sud raislari, hokim o‘rinbosarlari, tumandagi tadbirkorlar hamda chet ellik investorlar ishtirok etdilar.

Uchrashuv ochiq va konstruktiv muloqot ruhida o‘tdi.

Unda tadbirkorlik subyektlarining huquqiy himoyasini kuchaytirish, investorlar uchun yanada qulay va shaffof muhit yaratish, sud-huquq tizimi bilan biznes vakillari o‘rtasidagi samarali hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
