
Biznes-ombudsman devoni Andijon, Namangan, Farg‘ona va Navoiy viloyatlaridagi hududiy shu‘balariga yetakchi inspektorlar lavozimiga ishga taklif etadi.
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
Huquqshunoslik yoki iqtisod sohalarida oliy ma’lumotli bo‘lish;
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish, huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar, davlat boshqaruvi sohasida kamida 5 yillik ish tajribasi;
Davlat tilini yaxshi bilishi (xorijiy tillarni bilish ustunlik beradi).
Tanlov 3 bosqichda o‘tkaziladi:
– Nomzodlarni dastlabki o'rganish;
– Bilim va ko‘nikmalarni tegishli test sinovlari orqali baholash;
– Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar bilan sohaviy suhbat o‘tkazish.
Ma’lumotnomani ushbu havolalar orqali yuborishingiz mumkin:
– Andijon (https://vacancy.gov.uz/hrm-vacancy-detail/91162)
– Namangan (https://vacancy.gov.uz/hrm-vacancy-detail/91160)
– Farg‘ona (https://vacancy.gov.uz/hrm-vacancy-detail/91159)
– Navoiy (https://vacancy.gov.uz/hrm-vacancy-detail/91161)