
Ma’lumki, Biznes-ombudsmanga tadbirkorlar faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarni monitoring qilish va ularning qonuniyligini ta’minlash vazifasi yuklatilgan.
Yangi tashkil etilgan Situatsion markaz mazkur yo‘nalishdagi ishlarni raqamlashtirish va tezkor nazorat qilishda markaziy bo‘g‘in bo‘lib xizmat qiladi.
Markazning asosiy vazifalari:
Respublika bo‘ylab o‘tkazilayotgan barcha tekshiruvlarni "Yagona davlat nazorati" axborot tizimi orqali real vaqt rejimida kuzatib borish.
Asossiz tekshiruvlar boshlanganda tizimdagi "qizil chiroq" signali orqali zudlik bilan munosabat bildirish.
Takroriy tekshiruvlar o‘tkazilayotgan sohalar va hududlarni tahlil qilib, tizimli muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.