
Biznes-ombudsman devoni tomonidan 46 ta nazorat qiluvchi organ faoliyati yuzasidan o‘tkazilgan so‘rovnoma yakunlari tadbirkorlik muhitidagi bir qator muammolarni aniqladi.
Xususan, so‘rovnomada qatnashgan tadbirkorlarning fikriga ko‘ra:
74,6% holatda tadbirkorlarga tekshiruvdan oldin o‘z huquqlari, xususan, advokat yoki jamoatchilik vakilini jalb qilish huquqi tushuntirilmagan.
70,1% tadbirkorlar tekshirishga asos bo‘lgan rasmiy hujjatlar bilan tanishtirilmaganliklarini bildirishgan.
83,9% tekshiruvlarda "Tekshiruvlarni ro‘yxatga olish elektron kitobi" to‘ldirilmasdan qolgan.
32,8% tadbirkorlar tekshiruv davomida "yordam berish" evaziga nazoratchilar tomonidan turli xizmatlar yoki shaxsiy iltimoslar qilinganligini ta’kidlashgan.