
Bahorgi dala ishlari boshlanishi arafasida Biznes-ombudsman fermerlar va soha fidoyilarini yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida keng ko‘lamli tadbirni e’lon qiladi!
25-fevraldan 25-martgacha
Bir oy davomida respublikamizning barcha hududlarida fermerlarning huquqlarini himoya qilish va ularga amaliy ko‘mak berish maqsadida maxsus chora-tadbirlar tashkil etiladi.
Sizni qiynayotgan va faoliyatingizga to‘sqinlik qilayotgan holatlar va sohani rivojlantirish bo‘yicha takliflaringizni quyidagi havola orqali yuborishingiz mumkin: @biznesombudsman_bot
Shuningdek, 1100 qisqa raqamiga telefon qiling.