Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning 1-fevral holatiga O‘zbekistonda 415,2 mingta tijorat tashkilotlari faoliyat yuritmoqda.
Ulardan 327,5 mingtasi mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MChJ) bo‘lib, bu umumiy korxonalar sonining 78,9 foizini tashkil etadi.
Tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha korxonalar soni:
Mas’uliyati cheklangan jamiyat – 327 495 ta (78,9%);
Xususiy korxonalar – 47 179 ta (11,4%);
Oilaviy korxonalar – 36 440 ta (8,8%);
Aksiyadorlik jamiyati – 634 ta (0,1%);
Boshqalar – 3 436 ta (0,8%).