Feb. 11, 2026

Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish yo‘lida: Namangan va Farg‘onada tadbirlar o‘tkazildi


Biznes-ombudsman devoni tomonidan tadbirkorlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish va ularning huquqiy himoyasini kuchaytirish maqsadida navbatdagi tadbirlar tashkil etildi.


Yangi Namangan tumanida o‘tkazilgan sayyor qabulda tadbirkorlarning 10 ga yaqin murojaatlari o‘rganildi. Ularning aksariyati joyida hal etilib, qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan masalalar Biznes-ombudsman nazoratiga olindi. Shuningdek, qurilish va soliq sohalarini rivojlantirish bo‘yicha takliflar tinglandi.


Ma’lumot uchun: Yangi Namangan tumanida 2 582 ta tadbirkorlik subyekti faoliyat ko‘rsatadi. Ushbu tadbirkorlik subyektlaridan 32 foizi xizmat ko‘rsatish, 19 foizi ishlab chiqarish, 11 foizi to‘qima-to‘quv faoliyati, 4.5 foizi qishloq xo‘jaligi, 8 foizi umumiy ovqatlanish faoliyatini tashkil qilish va 25.5 foizi boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanib keladi.


Farg‘ona viloyatida Prezidentning PF-229-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Sanepidqo‘mita mutaxassislari ishtirokida o‘quv-amaliy seminari o‘tkazildi. Unda nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshirishlarni o‘tkazish tartibi bo‘yicha tushuntirishlar berilib, soha xodimlarini qiynayotgan muammoli vaziyatlar muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev

President of the Republic of Uzbekistan

"The entrepreneurial movement in Uzbekistan has become an irreversible force. The richer our entrepreneurs are, the more prosperous our people will live, the more powerful our state will be. The success of an entrepreneur is the success of our entire nation."

Text to speech
Звуковое сопровождение