Feb. 11, 2026

Tadbirkorga jarima qo‘llash to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi


Vobkent tumanida faoliyat yurituvchi “G.E.” oilaviy korxonasi soliq organi tomonidan qo‘llanilgan jarimadan norozi bo‘lib Biznes-ombudsmanga murojaat qildi.


Aniqlanishicha, oilaviy korxona tomonidan 2022-yilda Xitoy davlatidan texnologik uskuna import qilingan hamda uskuna ishga tushirilgan. Keyinchalik, oilaviy korxona faoliyatida Buxoro viloyat soliq boshqarmasi tomonidan soliq auditi tekshiruvi o‘tkazilib, import qilingan uskuna saqlanayotgan yer uchastkasi bo‘yicha rasmiylashtirilgan ijara shartnomasi soliq organida hisobga qo‘yilmaganligi ta’kidlanib, import qilingan uskuna mavjud emas deb e’tirof qilingan holda oilaviy korxonaga kamomad uchun 1 mlrd so‘m jarima qo‘llanilgan.


Murojaatni o‘rganish davomida soliq organi tomonidan qonun hujjatlari talablari noto‘g‘ri talqin qilingan holda jarima qo‘llanilganligi aniqlandi. Jumladan, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-sentyabrdagi 595-son qarorining 3-bandi talabiga ko‘ra, soliq organlarida hisobga qo‘yilmagan shartnomalar asosida ko‘chmas mulk ob’ektlarida saqlanayotgan tovar-moddiy zaxiralar qoldiqlari sanoqdan (inventarizatsiyadan) o‘tkazilmaydi hamda mavjud emas deb hisoblanadi.


Oilaviy korxona tomonidan import qilingan uskuna tovar-moddiy zaxira qoldig‘i emas, balki asosiy vosita sifatida e’tirof qilinsa-da, soliq organi qayd qilingan talab asosida tadbirkorga jarima qo‘llagan. Soliq organi qarori yuzasidan tadbirkor sudga murojaat qilgan bo‘lsa-da, quyi instansiya sudlari tomonidan ariza va shikoyatlar rad qilingan.


Murojaatni o‘rganish davomida oilaviy korxona manfaatida qabul qilingan quyi instansiya sud qarorlari yuzasidan Oliy sudga taftish tartibida shikoyat kiritildi. Oliy sud ma’muriy sudlov hay’ati taftish instansiyasining 2026-yil 23-yanvardagi qarori bilan qabul qilingan quyi instansiya sud qarorlari bekor qilingan holda soliq organining oilaviy korxonaga nisbatan jarima qo‘llash to‘g‘risidagi qarori haqiqiy emas deb topildi.

Shavkat Mirziyoyev

President of the Republic of Uzbekistan

"The entrepreneurial movement in Uzbekistan has become an irreversible force. The richer our entrepreneurs are, the more prosperous our people will live, the more powerful our state will be. The success of an entrepreneur is the success of our entire nation."

Text to speech
Звуковое сопровождение