Feb. 9, 2026

Biznes-ombudsman ko‘magida tadbirkorga 183 mln so‘m mablag‘ undirib berildi

 Yurtimizda tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish va sud qarorlari ijrosini ta’minlash – iqtisodiy barqarorlikning muhim garovidir. Navbatdagi ijobiy yechim Mingbuloq tumanida faoliyat yurituvchi “I.I.” MCHJ misolida o‘z aksini topdi.   


Tadbirkor va Pop tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi o‘rtasidagi shartnomaviy majburiyatlar yuzasidan yuzaga kelgan masala sud tartibida ko‘rib chiqilib, mablag‘larni undirish bo‘yicha to‘xtamga kelingan edi. Biznes-ombudsman devoni tomonidan mazkur jarayon ijrosi alohida nazoratga olindi.   


Iqtisodiy protsessual kodeksning 15-moddasiga asosan, qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari barcha davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, boshqa organlar, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiydir hamda ushbu hujjatlar O‘zbekiston Respublikasining butun hududida ijro etilishi lozimligi, sud hujjatlarini bajarmaslik ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘lishi ko‘rsatilgan.   


Davlat organlari bilan olib borilgan samarali hamkorlik va qonun ustuvorligining ta’minlanishi natijasida, tadbirkorning haqli e’tirozlari bartaraf etildi. Jamiyat hisob raqamiga 183 mln so‘m miqdoridagi mablag‘lar o‘tkazib berilib, masala tadbirkor foydasiga ijobiy hal etildi.

Shavkat Mirziyoyev

President of the Republic of Uzbekistan

"The entrepreneurial movement in Uzbekistan has become an irreversible force. The richer our entrepreneurs are, the more prosperous our people will live, the more powerful our state will be. The success of an entrepreneur is the success of our entire nation."

Text to speech
Звуковое сопровождение