Feb. 6, 2026

Bino buzilishi to‘xtatildi: tadbirkorning mulkiy huquqi tiklandi


Biznes-ombudsman tomonidan o‘tkazilayotgan shaxsiy qabullar tadbirkorlarning davlat organlari bilan bog‘liq masalalarni tezkor va qonuniy hal etishda yordam bermoqda.


Navbatdagi qabulda “T.S.” MCHJ rahbari murojaat qilib, jamiyatga tegishli bo‘lgan noturar joy binosi jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilgani, biroq hokimlik tomonidan belgilangan kompensatsiya to‘lovlari vaqtida to‘lab berilmayotganini ma’lum qildi.


O‘rganish natijalariga ko‘ra, Toshkent tumani hokimligi hamda “T.S.” MCHJ o‘rtasida qonunchilikda belgilangan tartibda notarial tasdiqlangan kelishuv bitimi tuzilgani, mulk qiymati litsenziyaga ega mustaqil baholovchi tashkilot tomonidan baholanib, tegishli ekspertiza xulosalari olingani ma’lum bo‘ldi.


Shunga ko‘ra vakolatli davlat organlariga “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonun talablariga qat’iy rioya etish bo‘yicha ko‘rsatma xati yuborildi.


Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida kompensatsiya miqdorini tasdiqlash masalasi Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi sessiyasi kun tartibiga kiritildi va mablag‘ ajratilishi bilan tadbirkor hisob raqamiga o‘tkaziladigan bo‘ldi.


Eng muhimi, amaldagi qonunchilikka asosan, kompensatsiya to‘lovi to‘liq to‘lanmagunga qadar tadbirkorning binosini buzishga yo‘l qo‘yilmasligi bo‘yicha hokimiyat organlariga alohida ko‘rsatma berilib, mulkdorning huquqlari himoyaga olindi.

Shavkat Mirziyoyev

President of the Republic of Uzbekistan

"The entrepreneurial movement in Uzbekistan has become an irreversible force. The richer our entrepreneurs are, the more prosperous our people will live, the more powerful our state will be. The success of an entrepreneur is the success of our entire nation."

Text to speech
Звуковое сопровождение