Feb. 5, 2026

Bir kunlik kechikish 350 million so‘mga tushishi mumkin edi


Biznes-ombudsman tomonidan joylarda o‘tkazilayotgan sayyor qabullar tadbirkorlarning muammolarini tezkor va samarali hal etishda muhim platforma vazifasini o‘tamoqda. Ana shunday qabullardan biri Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkazilgani haqida xabar bergandik.    (https://t.me/biznes_ombudsman/10771)


Uchrashuvda "S.T.N." mas’uliyati cheklangan jamiyati vakili Xitoydan 24 mlrd so‘mlik 12 ta zamonaviy elektrobus olib kelingani, biroq mazkur transport vositalarini rasmiylashtirish jarayonida muammo yuzaga kelganini ma’lum qildi.   


Aniqlanishicha, "UzTest" DM Qoraqalpog‘iston filiali tomonidan muvofiqlik sertifikatini berish jarayonini yakunlashda texnik sabablar tufayli vaqt talab etilayotgan edi. 


Jarayon Biznes-ombudsman nazoratiga olinib, tegishli mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda tezkor choralar ko‘rildi. Natijada 30-yanvar kuni tadbirkorga muvofiqlik sertifikati berilishi ta’minlanib, qonunchilikda belgilangan imtiyozdan o‘z vaqtida foydalanishga ulgurdi.   


Agar sertifikat berilishi yana bir kunga kechikkanida, tadbirkor 350 million so‘m miqdorida ortiqcha xarajat qilishga majbur bo‘lar edi.

Shavkat Mirziyoyev

President of the Republic of Uzbekistan

"The entrepreneurial movement in Uzbekistan has become an irreversible force. The richer our entrepreneurs are, the more prosperous our people will live, the more powerful our state will be. The success of an entrepreneur is the success of our entire nation."

Text to speech
Звуковое сопровождение