
Andijon shahrida faoliyat yurituvchi “A.B.” MChJ rahbari soliq organi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvdan hamda bankdagi hisobvaraqlari to‘xtatib turilganidan norozi bo‘lib Biznes-ombudsmanga murojaat qildi.
Aniqlanishicha, tadbirkorlik subyekti faoliyatida kameral soliq tekshiruvi o‘tkazilib, bankdagi hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish choralari qo‘llanilgan.
Tadbirkor tomonidan talabnomaga javob berilganiga qaramasdan, tadbirkorning bankdagi hisobvaraqlar bo‘yicha cheklovlar o‘z vaqtida bekor qilinmagan.
Soliq organi mansabdor shaxsi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining bank hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni qonunga xilof ravishda to‘xtatib turish hamda kameral soliq tekshiruvi o‘tkazish tartiblarini buzish holatlariga yo‘l qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan mansabdor shaxs MJtKning 241-2-moddasi hamda 241-3-moddalariga asosan ma’muriy javobgarlikka tortildi.