Feb. 2, 2026

75 million so'm asossiz jarima bekor qilindi


Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida faoliyat yurituvchi “O.T.A.” nodavlat ta’lim muassasasi unga nisbatan chiqarilgan jarimadan norozi bo‘lib Biznes-ombudsmanga murojaat qildi.


Aniqlanishicha, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mazkur NTMni litsenziyada ko‘rsatilmagan manzilda faoliyat yuritganligi uchun “litsenziyasiz faoliyat ko‘rsatgan” deya malakalanib, unga nisbatan 75 million so‘m miqdorida jarima qo‘llagan. Tadbirkorning ushbu jarima ustidan qilgan shikoyatlari Toshkent tumanlararo va Toshkent shahar ma’muriy sudlari tomonidan rad etilib, vazirlik qarori o‘z kuchida qoldirilgan edi.


NTMning murojaati asosida Biznes-ombudsman tomonidan sud qarorlari yuzasidan taftish shikoyati kiritildi.


O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksining 30-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi alohida holatlarga qarab, har qanday ishni istalgan ma’muriy suddan olib qo‘yishga va uni birinchi instansiya bo‘yicha o‘zining ish yurituviga qabul qilishga, ishni bir suddan boshqasiga o‘tkazishga haqli.


Natijada Sirdaryo viloyati ma’muriy sudi taftish instansiyasining 2026-yil 15-yanvardagi qarori bilan quyi instansiya sudlarining qarorlari bekor qilindi. Vazirlikning tadbirkorga nisbatan jarima qo‘llash haqidagi buyrug‘i haqiqiy emas deb topilib, tadbirkorning huquqlari tiklandi.

Shavkat Mirziyoyev

President of the Republic of Uzbekistan

"The entrepreneurial movement in Uzbekistan has become an irreversible force. The richer our entrepreneurs are, the more prosperous our people will live, the more powerful our state will be. The success of an entrepreneur is the success of our entire nation."

Text to speech
Звуковое сопровождение