Jan. 29, 2026

Biznes-ombudsman Qoraqalpog‘istonda: Ishlab chiqarish quvvatlari va yangi loyihalar ko‘zdan kechirilmoqda


Bugun, 29-yanvar kuni Biznes-ombudsman Abdumannop Buriyev hududning iqtisodiy salohiyatni oshirayotgan tadbirkorlik subyektlari bilan yaqindan tanishish hamda ularning istiqbolli rejalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘rganish ishlarini olib bordi.


Nukus shahridagi “Kedr” MCHJ mebel furnituralari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, qiymati 5,5 million dollarlik ushbu loyiha nafaqat mahalliy bozorni to‘ldirish, balki 3 million dollarlik import o‘rnini bosish imkoniyatiga ega. 2027-yilda to‘liq ishga tushishi rejalashtirilgan korxona yiliga 178 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarishni maqsad qilgan.


Nukus tumanidagi “INTER AGRO BROILERS NUKUS” MCHJda qiymati 60 milliard so‘mlik yirik parrandachilik majmuasi qad rostlagan. Xitoy texnologiyalari bilan jihozlangan ushbu korxona yiliga 100 ming bosh parranda parvarishlash imkoniga ega. Hozirda tuxum yo‘nalishida ish boshlagan majmua to‘liq quvvat bilan ishga tushgach, 40 nafar mahalliy aholi bandligi ta’minlanishi kutilmoqda.


Kegeyli tumanidagi “Lanko miya” MCHJ esa hududga xorijiy kapitalning faol kirib kelayotganiga misoldir. Xitoyning “LUOYANG LANBING TRADE COLTD” kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan DVP mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi 3,4 million dollarlik investitsiyani o‘z ichiga oladi. 80 ta yangi ish o‘rni yaratiladigan mazkur korxona iqtisodiy ko‘rsatkichlarni yaxshilash va budjet tushumlarini ko‘paytirishda muhim bo‘g‘in bo‘lib xizmat qiladi.


Shuningdek, qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi “COALS KS” MCHJ hamda Nukus shahrida jamoat transporti xizmatini rivojlantirish bilan shug‘ullanuvchi "Sapsan Trans Nukus" korxonasi vakillari bilan muloqot qilinib, sohadagi mavjud muammolar va biznesni kengaytirish bo‘yicha takliflar atroflicha muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev

President of the Republic of Uzbekistan

"The entrepreneurial movement in Uzbekistan has become an irreversible force. The richer our entrepreneurs are, the more prosperous our people will live, the more powerful our state will be. The success of an entrepreneur is the success of our entire nation."

Text to speech
Звуковое сопровождение