
Tadbirkorlik subyektlarida davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlar faoliyatining reyting baholash natijalari e’lon qilindi.
Mazkur reyting O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-184-son Farmoni talablari asosida ishlab chiqilgan va Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash jamoatchilik kengashi tomonidan tasdiqlangan mezonlar (https://t.me/biznes_ombudsman/10664) asosida shakllantirildi.
O‘tkazilgan baholash yakunlariga ko‘ra, nazorat organlarining ko‘rsatkichlari quyidagicha taqsimlandi:
7 ta organ – «Yaxshi»
10 ta organ – «Qoniqarli»
27 ta organ – «Qoniqarsiz»
Reyting tizimi nazorat qiluvchi organlar faoliyatining shaffofligini ta’minlash va tadbirkorlar huquqlarini himoya qilishda tizimli kamchiliklarni aniqlashga xizmat qiladi.