
Tadbirkorlik subyektlari 2022-yil 1-yanvardan 2027-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda maydoni besh ming kvadrat metrdan yuqori bo‘lgan savdo komplekslari va mehmonxona (joylashtirish vositalari), shu jumladan, ular egallagan yer uchastkalari bo‘yicha quyidagilarga haqli (https://lex.uz/docs/4674902):
yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha soliq stavkalariga nisbatan 0,1 koeffitsiyentni qo‘llashga. Bunda 2027-yil 1-yanvarga qadar yangidan qurilgan ushbu ko‘chmas mulk obyektlariga va ushbu obyektlar egallagan yer uchastkalariga nisbatan mazkur imtiyoz ular foydalanishga topshirilgan oydan e’tiboran besh yil mobaynida qo‘llaniladi;
foyda solig‘ini hisoblab chiqarish chog‘ida 2 yil davomida mazkur binolarning qiymatini amortizatsiya tarzida chegirib tashlanadigan xarajatlar jumlasiga kiritishga.