
Sirdaryo viloyatidagi “R.A.” MChJ rahbari Biznes-ombudsmanga murojaat qilib, korxonaga elektr energiyasidan 1,1 mlrd so‘m miqdorida asossiz qarzdorlik hisoblanganidan noroziligini bildirdi.
Aniqlanishicha, “O‘zenergoinspeksiya” viloyat boshqarmasi tomonidan tadbirkor elektrdan noqonuniy foydalanganligi ta'kidlanib, qo‘shimcha qarzdorlik hisoblash bo‘yicha ko‘rsatma berilgan.
Biznes-ombudsman tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlarda tadbirkorning aslida boshqa korxonaga (“G.A.G.K.” MChJ) qonuniy tartibda subiste’molchi sifatida ulanganligi va yuzaga kelgan qarzdorlik ham aslida mana shu korxonaga tegishli ekanligi ma'lum bo'ldi.
Natijada asossiz tadbikorga hisoblangan 1 mlrd so‘mdan ortiq to‘lov bekor qilindi.
Qonunbuzilishiga yo'l qo'ygan elektr tarmoqlari korxonasi mas’uliga nisbatan MJtKning 215-5-moddasi bilan tegishli tartibda ma’muriy javobgarlik chorasi qo'llanildi.