Jan. 13, 2026

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan  “Muborak avto gaz” MCHJga tegishli 2,6 mlrd so‘m mablag‘larining qaytarilmayotganligi haqidagi xabarlar yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.


Surxondaryo viloyati prokuraturasining 2025 yil 29 iyuldagi qaroriga asosan jinoyat ishi tugatilgan bo‘lib, tadbirkorga 2,6 mlrd so‘m mablag‘larini qaytarish belgilanligiga qaramay, mablag‘lar qaytarilmagan.


Mazkur holat yuzasidan Biznes-ombudsman tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 241-9-moddasi bo’yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, sud qaroriga ko‘ra, “Hududgaz Qashqadaryo” gaz ta’minoti rahbariga BHMning 20 baravari miqdorida jarima tayinlangan.


Hozirda mablag‘larni tadbirkorning hisob raqamiga qaytarish choralari ko‘rilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev

President of the Republic of Uzbekistan

"The entrepreneurial movement in Uzbekistan has become an irreversible force. The richer our entrepreneurs are, the more prosperous our people will live, the more powerful our state will be. The success of an entrepreneur is the success of our entire nation."

Text to speech
Звуковое сопровождение