Toshkent shahrida faoliyat olib boruvchi “E.M.” MChJ rahbari Kadastr agentligi mansabdor shaxslari xatti-harakatidan norozi bo‘lib Biznes-ombudsmanga murojaat qildi.
Aniqlanishicha, Kadastr agentligi tomonidan tadbirkorga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 60-moddasi 3-qismi (O‘zboshimchalik bilan egallab olingan, ajratilgan yer uchastkasiga tutash bo‘lgan va tutash bo‘lmagan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirish) bilan ayblov qo‘yilib, 2025-yil 7-noyabrda ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan.
Biznes-ombudsman aralashuvi bilan mazkur holatga oid ish hujjatlari qayta o‘rganildi. O‘rganish natijasida, tadbirkorga nisbatan qo‘llanilgan jarima qarori asossiz deb topildi va ushbu qaror bekor qilinib, tadbirkorning huquqlari tiklandi.