Jan. 9, 2026

Rasmiy munosabat


Sirdaryo viloyatida tadbirkorlik subyektlarining mulk huquqlari buzilayotganligi bilan bog‘liq holat nazoratga olindi. Hozirda mazkur holat Biznes-ombudsman tomonidan o‘rganilmoqda.


O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 65-moddasiga muvofiq, хususiy mulk daxlsizdir. Mulkdor o‘z mol-mulkidan qonunda nazarda tutilgan hollardan va tartibdan tashqari hamda sudning qaroriga asoslanmagan holda mahrum etilishi mumkin emas.


O‘rganish yakunlariga ko‘ra, qonunbuzilish holatlari aniqlansa, tegishli mansabdor shaxslarga nisbatan belgilangan tartibda ta’sir choralari qo‘llanilishi haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Shavkat Mirziyoyev

President of the Republic of Uzbekistan

"The entrepreneurial movement in Uzbekistan has become an irreversible force. The richer our entrepreneurs are, the more prosperous our people will live, the more powerful our state will be. The success of an entrepreneur is the success of our entire nation."

Text to speech
Звуковое сопровождение