Jan. 6, 2026

«Sarson sumka»: Murojaat qilmagan joyim qolmagandi...

Qashqadaryo viloyatidagi «Temuriylar» nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari Ikrom Dilmurodov bilan suhbatlashganimizda, bir holat e’tiborimizni jalb qildi. Tadbirkorning qo‘lida qariyb 5 kilo keladigan zalvorli sumka... Ichi to‘la qog‘oz: yillar davomida turli idoralarga yozilgan murojaatlar, sovuq rad javoblari va umid bilan bitilgan arizalar.


Ayrim mansabdor shaxslarning qonunga zid xatti-harakatlari tufayli, bog‘cha imtiyozli kredit ajratilishi lozim bo‘lgan subyektlar ro‘yxatidan asossiz chiqarib yuborilgan. Bu nafaqat tadbirkorning rejalarini chipakka chiqarar, balki yuzlab bolajonlar uchun mo‘ljallangan zamonaviy ta’lim maskanining kelajagini ham so‘roq ostida qoldirgan edi.


Tadbirkor o‘z huquqlarini tiklash uchun sudga murojaat qildi. Biznes-ombudsman ko‘magi va tadbirkorning huquqlari himoya qilinishi natijasida Oliy sud arizani qanoatlantirdi. Sun’iy to‘siqlar olib tashlanib, tadbirkorning qonuniy imtiyozlari tiklandi.


«Murojaat qilmagan idoram, taqillatmagan eshigim qolmagandi. Og‘ir sumka bilan yillar davomida sarson bo‘ldim. Biznes-ombudsman ko‘magi bilan haqiqat va adolat borligiga yana bir bor ishondim», – deydi Ikrom Dilmurodov.


Bugun «Temuriylar» bog‘chasi to‘la quvvat bilan ishlamoqda. O‘sha «sarson sumka» esa endi sarsonlik emas, balki adolat uchun kurash va g‘alaba timsoli bo‘lib qoldi.


Suhbatni batafsil YouTubeda tomosha qilishingiz mumkin: https://www.youtube.com/watch?v=hja1g7DL-PQ

Shavkat Mirziyoyev

President of the Republic of Uzbekistan

"The entrepreneurial movement in Uzbekistan has become an irreversible force. The richer our entrepreneurs are, the more prosperous our people will live, the more powerful our state will be. The success of an entrepreneur is the success of our entire nation."

Text to speech
Звуковое сопровождение