Dec. 24, 2025

Yillik sarhisob. Tadbirkorlarga qo‘llanilgan 1,5 mlrd so‘mlik jarimalar bekor qilindi

Biznes-ombudsman devoni tomonidan avtomobil transportida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlarining muammolari tahlil qilindi.


Amaldagi tartibga ko‘ra (Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-iyuldagi 636-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom), avtomobil transportida yo‘lovchilarni tashish faoliyati bilan shug‘ullanish uchun maxsus litsenziya hamda har bir avtotransport vositasi uchun alohida litsenziya varaqasi olinishi lozim.


Biroq, amaliyotda nazorat qiluvchi organlar tomonidan avtotransport vositasining litsenziya varaqasisiz harakatlanishi – faoliyat bilan litsenziyasiz shug‘ullanish sifatida noto‘g‘ri baholangan. Oqibatda, tegishli faoliyat turi uchun litsenziyasi mavjud bo‘lgan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan og‘ir miqdordagi moliyaviy jarimalar qo‘llanilgan.


Mazkur huquqbuzarliklarni bartaraf etish maqsadida Biznes-ombudsman devoni tomonidan Transport vazirligiga taqdimnoma kiritildi. Vakil devoni xodimlarining bevosita aralashuvi va ko‘rilgan choralar natijasida 10 dan ziyod holatda tadbirkorlarga nisbatan qo‘llanilgan 1,5 milliard so‘mdan ortiq moliyaviy jarimalar bekor qilinishi ta’minlandi.


Shuningdek, ta’kidlangan holatga imkon beruvchi sabablarni kelgusida bartaraf qilish maqsadida, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqilib vakolatli organga taqdim qilindi.

Shavkat Mirziyoyev

President of the Republic of Uzbekistan

"The entrepreneurial movement in Uzbekistan has become an irreversible force. The richer our entrepreneurs are, the more prosperous our people will live, the more powerful our state will be. The success of an entrepreneur is the success of our entire nation."

Text to speech
Звуковое сопровождение