Dec. 24, 2025

Xususiy bogʼchaga 131 mln soʼm subsidiya puli toʼlab berildi

Qashqadaryo viloyatida faoliyat koʼrsatuvchi “Tong yulduzi” (nomi oʼzgartirilgan) NMTT subsidiya toʼlab berilishida amaliy yordam soʼrab Biznes-ombudsman devoniga murojaat qildi.


Аniqlanishicha, 2025-yil oktyabr va noyabr oylari uchun bolalar va xodimlar kunlik davomatdan toʼgʼri, aniq oʼtkazilganiga qaramasdan, subsidiya toʼlanmasdan qolgan.


Vazirlar Mahkamasining 02.08.2022-yildagi 426-son qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga Davlat byudjeti mablagʼlari hisobidan subsidiyalar va kompensatsiyalar toʼlash tartibi toʼgʼrisida”gi Nizomning 32-bandiga koʼra, subsidiyalarning oylik summalari ish soatlari mobaynida NMTTBАTda qayd etilgan xodimlar va tarbiyalanuvchilarning davomati asosida hisoblanadi. Bunda davlat-xususiy sheriklik toʼgʼrisidagi bitimda koʼrsatilgan DXSh asosidagi MTTning manzili (joylashuvi boʼyicha geolokatsiyasi)dan boshqa joyda qayd etilgan xodimlar va tarbiyalanuvchilarning davomati NMTTBАTda hisobga olinmaydi va ular uchun subsidiya toʼlanmaydi.


Biznes-ombudsman devoni aralashuvi natijasida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan NMTM amalga oshirgan yoʼqlamalarda tashkilot hududini (lokatsiyasini) soxtalashtirish mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emas deb topilib, oktyabr va noyabr oylari uchun jami 131 mln soʼm subsidiya pullari toʼlab berildi.

Shavkat Mirziyoyev

President of the Republic of Uzbekistan

"The entrepreneurial movement in Uzbekistan has become an irreversible force. The richer our entrepreneurs are, the more prosperous our people will live, the more powerful our state will be. The success of an entrepreneur is the success of our entire nation."

Text to speech
Звуковое сопровождение