Dec. 13, 2025

Tadbirkorlarga subsidiyalar taqdim etilishini tizimli monitoring qilish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (784-son, 11.12.2025 y.) bilan “Tadbirkorlik subyektlariga subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalar taqdim etilishini monitoring qilish, ularning samaradorligini baholash hamda asossiz olingan va maqsadsiz foydalanilgan subsidiyalarni qaytarib olish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

 

Nizomga ko‘ra, qo‘llab-quvvatlash choralarini taqdim etishda ularni taqdim etadigan tashkilot tomonidan tadbirkor erishishi lozim bo‘lgan aniq maqsadli ko‘rsatkichlar belgilanadi.

 

Tadbirkorga subsidiyalar ajratilishi “subsidiya.mf.uz” platformasi orqali monitoring qilinadi.

 

Samaradorlikni baholashda manbalardan quyidagi ketma-ketlikda foydalaniladi:

— Tadbirkorning moliyaviy, soliq hisobotlari;

— Sohaviy idoralar yoki statistika idoralari ma’lumotlari;

— Qo‘llab-quvvatlash choralari natijalari yuzasidan tadbirkor tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar.

 

Samaradorlik har bir tadbirkor uchun iqtisodiy, moliyaviy (byudjet) va ijtimoiy mezonlar bo‘yicha alohida baholanadi.

 

Tadbirkorga taqdim etilgan subsidiyalar quyidagi hollarda qaytariladi:

— Subsidiya shartnomasi (bitim) bo‘yicha tadbirkor tomonidan erishish lozim bo‘lgan aniq maqsadli ko‘rsatkichlar bajarilmaganda;

— Mablag‘lardan maqsadsiz va samarasiz foydalanilgani aniqlanganda;

— Tadbirkor tomonidan tegishli hujjatlar yoki ma’lumotlarni noto‘g‘ri yoxud buzib ko‘rsatish va asossiz olingani holatlari aniqlanganda.

Shavkat Mirziyoyev

President of the Republic of Uzbekistan

"The entrepreneurial movement in Uzbekistan has become an irreversible force. The richer our entrepreneurs are, the more prosperous our people will live, the more powerful our state will be. The success of an entrepreneur is the success of our entire nation."

Text to speech
Звуковое сопровождение