Sirdaryo viloyatida faoliyat yurituvchi tadbirkor auksiondan yutib olgan yer maydoni hamda binoning avvalgi egasidan qolgan soliq qarzdorligi unga hisoblanayotganidan norozi bo'lib Biznes-ombudsmanga murojaat qildi.
Aniqlanishicha, tadbirkor tomonidan ko'chmas mulk sotib olinib, kadastr hujjatlari rasmiylashtirilgan bo'lsa-da, UZKAD axborot tizimida mulk sobiq egalarining ma'lumotlari qolib ketishi oqibatida ularning qarzdorligi ham qo'shilib, tadbirkorga jami 859 mln so'm soliq qarzdorligi hisoblangan.
Vakil devoni ko'magida mazkur holat o'rganilib, qarzdorlik tadbirkorning shaxsiy varag'idan chiqarilishi ta'minlandi.