Dec. 3, 2025

Rasmiy munosabat

Soʻnggi kunlarda poytaxtimizda havo sifatining pasayishi va ekologik vaziyatning keskinlashuvi barchamizni jiddiy tashvishga solmoqda. Ushbu muammo davlat miqyosidagi eng muhim vazifalardan biriga aylandi.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan poytaxtdagi ekologik vaziyatni yaxshilashga qaratilgan Farmonning imzolanishi, shuningdek, yurtimiz boʻylab ekologik vaziyatni yaxshilash boʻyicha Maxsus komissiya tuzilib, tezkor va keng koʻlamli ishlar amalga oshirilayotgani aholi salomatligi va farovonligini taʼminlash yoʻlidagi muhim qadamlardir. Xususan, Maxsus komissiya tomonidan har kecha reydlar oʻtkazilib, ekologik qonunbuzarliklar aniqlanayotgani — ekologik nazoratni kuchaytirish borasidagi dolzarb ishlarning ijrosidir.


Shu bilan birga, ekologik vaziyatni yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish jarayonida ayrim hududlarda tadbirkorlarning qonuniy mulkiga zarar yetkazish holatlari kuzatilayotgani haqida murojaatlar kelib tushmoqda.


Shuni alohida qayd etish lozimki, “Tadbirkorlik faoliyatining erkinliklari kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq, xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Tadbirkorlik subyektini tugatish yoki uning mol-mulkiga nisbatan boshqa choralar koʻrish faqatgina vakolatli organ yoxud sud qaroriga binoan amalga oshiriladi.


Shu munosabat bilan vakolatli davlat organlarini ushbu muhim jarayonlarda tadbirkorlik faoliyati subyektlarining qonuniy manfaatlari va mulkiy huquqlarini taʼminlashga, xususiy mulkka nisbatan qonun buzilishiga yoʻl qoʻymaslikka va har qanday choralarni amaldagi qonunchilik asosida amalga oshirishga chaqiramiz.

Shavkat Mirziyoyev

President of the Republic of Uzbekistan

"The entrepreneurial movement in Uzbekistan has become an irreversible force. The richer our entrepreneurs are, the more prosperous our people will live, the more powerful our state will be. The success of an entrepreneur is the success of our entire nation."

Text to speech
Звуковое сопровождение