Nov. 13, 2025

Asossiz hisoblangan to‘lovlar bo‘yicha tadbirkorlar huquqlari himoya qilinmoqda

Biznes-ombudsman devoni tomonidan respublika miqyosida gaz, elektr, suv bo‘yicha tadbirkorlarga asossiz hisoblangan to‘lovlar va jarimalarni bekor qilish holatlari o‘rganilmoqda.


Xususan, xizmat ko‘rsatish tashkilotlari tomonidan hisoblagichlar nosozligi yoki ulardagi tafovutlar asosida, mustaqil ekspertiza xulosalarini inobatga olmagan holda, tadbirkorlarga nisbatan ortiqcha qarzdorlik hisoblash holatlari kuzatilmoqda. Bu esa tadbirkorlik faoliyatiga iqtisodiy qiyinchilik tug'dirishi mumkin.


Misol uchun, Buxoro shahrida faoliyat yurituvchi yakka tartibdagi tadbirkor (novvoy) murojaati o‘rganilganda, “Buxoroshahargaz” tomonidan vaqtincha ishlamagan gaz hisoblagich sabab 10 million so‘m asossiz zarar hisoblangani aniqlandi. Tadbirkorning mustaqil ekspertiza xulosasi (hisoblagich sozligi tasdiqlangan) esa tegishli organlar tomonidan inobatga olinmagan.


Biznes-ombudsman devoni tomonidan tizimli tahlillar olib borilib, ortiqcha hisoblangan to‘lovlarni bekor qilish asoslari va qonun talablari ijrosi ta’minlanmoqda.


Siz ham kommunal xizmatlar bo‘yicha hisoblagichlar yoki dalolatnomalarni rasmiylashtirishda asossiz to‘lov yoki jarimaga duch keldingizmi? 1100 qisqa raqami yoki telegram guruhi (https://t.me/biznesombudsmangamurojaat) orqali Biznes-ombudsman devoniga murojaat qiling.

Shavkat Mirziyoyev

President of the Republic of Uzbekistan

"The entrepreneurial movement in Uzbekistan has become an irreversible force. The richer our entrepreneurs are, the more prosperous our people will live, the more powerful our state will be. The success of an entrepreneur is the success of our entire nation."

Text to speech
Звуковое сопровождение