19-Mart, 2026-yil

Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasida nazorat tadbirlarini amalga oshiruvchi mutaxassislarning malakasi oshirildi


Bugun, 19-mart kuni Biznes-ombudsman devoni tomonidan Madaniy meros agentligining tekshirish vakolatiga ega bo‘lgan xodimlari uchun maxsus malaka oshirish kursi tashkil etildi.


Mazkur o‘quv mashg‘ulotlarining asosiy maqsadi – moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, muzeylar va arxeologiya sohasida davlat nazoratini amalga oshirishda tadbirkorlarning huquqiy kafolatlarini ta’minlash hamda tizimda shaffoflikni kuchaytirishdan iborat.


Tadbir davomida madaniy boyliklar aylanmasi va tarixiy-madaniy hududlarda faoliyat yuritayotgan biznes subyektlari ishiga asossiz aralashuvlarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Шавкат Мирзиёв

Ўзбекистон Республикаси Президенти

“Ўзбекистонда тадбиркорлик ҳаракати орқага қайтариб бўлмайдиган катта кучга айланди. Тадбиркорларимиз қанча бой бўлса, халқимиз шунча фаровон яшайди, давлатимиз шунча қудратли бўлади. Тадбиркорнинг ютуғи – бу бутун халқимизнинг ютуғи”

Text to speech
Звуковое сопровождение