19-Mart, 2026-yil

Tadbirkorlarga nohaq hisoblangan 540 mln so‘mdan ortiq zarar bekor qilindi

 

Farg‘ona viloyatida faoliyat ko‘rsatuvchi “O.B.A” va “A.H.T” MChJlar suv ta’minoti korxonasi mansabdor shaxslarining xatti-harakatlaridan norozi bo‘lib, Biznes-ombudsmanga murojaat qildi.

 

Aniqlanishicha, suv ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan mazkur jamiyatlar ichimlik va oqava suv tarmoqlaridan tegishli shartnoma tuzmasdan hamda suv hisoblagichsiz foydalanib kelayotganligi ro‘kach qilinib, ularga jami 551,7 mln so‘m miqdorida zarar hisoblangan.

 

Qonunchilikk ko‘ra, suvni hisobga olish asbobi bilan ta’minlanmagan iste’molchilar tomonidan sarflangan ichimlik suv miqdori sutkasiga tegishli formula bo‘yicha hisoblanadi.

 

Biznes-ombudsman devoni so‘roviga asosan, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi. Natijada, suv ta’minoti korxonasi xodimlari zararni 27 kun o‘rniga 1 yil uchun hisoblaganliklari aniqlanib, haqiqiy zarar summasi aslida 7,1 mln so‘mni tashkil etishi ma’lum bo‘ldi.

 

Shu tariqa, asossiz hisoblangan 544,6 mln so‘mlik qarzdorlik bekor qilinib, tadbirkorlarning ortiqcha to‘lov qilishining oldi olindi. Shu bilan birga, obyektlarga suv hisoblagichlar o‘rnatilishi ta’minlandi.

Шавкат Мирзиёв

Ўзбекистон Республикаси Президенти

“Ўзбекистонда тадбиркорлик ҳаракати орқага қайтариб бўлмайдиган катта кучга айланди. Тадбиркорларимиз қанча бой бўлса, халқимиз шунча фаровон яшайди, давлатимиз шунча қудратли бўлади. Тадбиркорнинг ютуғи – бу бутун халқимизнинг ютуғи”

Text to speech
Звуковое сопровождение