18-Mart, 2026-yil

Tekshiruvni noqonuniy tashkil etgan organ xodimi jarimaga tortildi

Biznes-ombudsman devoni prokuratura organlari bilan hamkorlikda nazorat qiluvchi idoralar tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar qonuniyligini doimiy tahlil qilib bormoqda. Navbatdagi o‘rganishlar davomida Olot tumani soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan tekshiruvni tashkil etish va o‘tkazish tartiblariga rioya etilmaganlik holatlari aniqlandi.


«Soliq hamkor» mobil ilovasi orqali fuqaro G.A.dan «D.M.T.» MChJga qarashli savdo do‘konida xarid cheki berilmaganligi haqida xabar kelib tushadi. Ushbu xabar asosida Olot tuman soliq inspeksiyasi tomonidan sayyor soliq tekshiruvi tayinlanadi.


O‘rganish jarayonida mas’ul xodim V.B. aslida Qorako‘l tumanida yashovchi fuqaro G.A. bilan umuman gaplashmagan bo‘lsa-da, go‘yoki kattako‘rg‘onlik boshqa bir G.A. bilan telefonda suhbatlashgani haqida ma’lumotnoma rasmiylashtirgan. Ilova orqali xabar yo‘llagan «shikoyatchi»ning telefon raqami tekshiruvda ishtirok etgan boshqa bir soliq xodimi B.Q.ning onasiga tegishli bo‘lib chiqdi.


Tekshiruv nafaqat noqonuniy boshlangan, balki uni o‘tkazish jarayonida ham qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yilgan. Xususan, nazorat xaridi belgilangan talablarga zid ravishda o‘tkazilgan. Tadbirkorga uning huquq va majburiyatlari tushuntirilmagan.


Mazkur holat yuzasidan aybdor deb topilgan soliq organi xodimi V.B. ga nisbatan tegishli tartibda ma’muriy jarima jazosi qo‘llanildi.

Шавкат Мирзиёв

Ўзбекистон Республикаси Президенти

“Ўзбекистонда тадбиркорлик ҳаракати орқага қайтариб бўлмайдиган катта кучга айланди. Тадбиркорларимиз қанча бой бўлса, халқимиз шунча фаровон яшайди, давлатимиз шунча қудратли бўлади. Тадбиркорнинг ютуғи – бу бутун халқимизнинг ютуғи”

Text to speech
Звуковое сопровождение